Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga O‘zbekistondan kimlar kirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining O‘zbekistondan tanlangan vakillari ma’lum bo‘ldi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Xorijiy investorlar kengashiga O‘zbekistondan quyidagilar kiritildi:

G‘ulomov R.A. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi;

Mavlonov B.M. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;

G‘aniyev E.M. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;

Qo‘chqorov D.A. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri;

Qosimov D.S. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil;

Nurmuratov M.B. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi;

Umurzoqov S.U. - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;

Xo‘jayev B.A. - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri;

Komilov A.X. - O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;

Davletov R.K. - O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;

Abdurahmonov I.Yu. - O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri;

Qudratov L.Sh. - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari;

Ikromov A.I. - O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi;

Kamolov K.Yu. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori.

Qayd etilishicha, kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

investor kengash

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing