Bugun birorta muammo qolmasligi kerak – Prezident investorlari bilan muloqotda
Jamiyat
−
15:22 454 1 daqiqa
Investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda so‘z ochdi.
“Men bugun sizlarni ko‘proq muloqotga taklif qilaman. Bir narsani bilishlaring kerakki, investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi zamon shiddat bilan o‘zgarayotganini qayd etgan.
“Albatta, zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Biz yangi-yangi talablarga butun komandamiz bilan mos bo‘lish uchun bugun sizlarni ko‘proq eshitmoqchiman.
Bironta muammo bugun qolmasligi kerak. Hamma masalani hal qilishimiz kerak. Yutug‘imiz bor, lekin kamchiligimiz ham juda ko‘p. Shuning uchun endi xato qilishga haqqimiz yo‘q.
Biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lishimiz uchun hamma narsa ochiq bo‘lishi kerak, ayon bo‘lishi kerak, shaffof bo‘lishi kerak.
Kelgusi yilga bu yil zamin yaratishimiz kerak”, deydi O‘zbekiston Prezidenti.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr