Prezident kuchishlatar tizimdagilarga: “Har bir odam bilan “Siz” deb gaplashish kerak”

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. 

Unda davlat rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini aholiga nisbatan madaniyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi:

“GAI xodimlariga ham, umuman ichki ishlar xodimlariga ham, Milliy gvardiya xodimlariga ham, bilaman, charchagan ular ham, lekin bu masalaga oqilona yondashish vaziyatdan kelib chiqqan holda, har bir odam bilan “Siz” deb gaplashish kerak. 

Sekin shu karantindan chiqib ketishimizda, Sizlardan ham juda katta madaniyat bilan ularga munosabat bildirishlaringiz talab etiladi. Albatta, talabni ichida madaniyat ham bo‘lishi kerak. 

Odamlarni shaxsiga tegmasdan, tushuntirish ishlarini kuchaytirib, madaniyatni ham ko‘paytirsak, man o‘ylayman, bu to‘g‘ri bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta davomida IIVning “bosar-tusarini bilmagan deputat” nomli videolavhasi jamoatchilik orasida jiddiy muhokamaga sabab bo‘lgandi. Unda xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati Tolib Muhammadiyev va Namangan shahriga kiraverishdagi “Qizilko‘prik” postida turadigan Ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari janjali aks etgandi. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident IIV Milliy gvardiya

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing