Prezident hokimlar iqtidorlarni kashf qilishga e’tibor qaratmayotganini aytdi

Sport

image

Joriy yilda sportga qariyb 2 trillion so‘m ajratilmoqda. Shu bois sportni ommalashtirish bo‘yicha tizim to‘liq va yuqori samara bilan ishlashi zarur. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 fevral kuni o‘tkazilayotgan 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi.

Yig‘ilishda hokimlar o‘zi musobaqalar tashkil qilib, yangi iqtidorlarni kashf qilishga yetarli e’tibor qaratmayotgani va oqibatda, hududlarda yaxshi sportchilar chetda qolib ketayotgani aytildi.

Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi.

Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida “sektor – tuman – viloyat – respublika” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish topshirildi.

“Sport maktablari – sport kollejlari – sport federatsiyalari – oliy mahorat maktablari” zanjiri asosida doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing