Prezident qancha bola “Mehribonlik uyi”dan oilalarga berilganini aytdi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
5064Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bayrami arafasida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
“Biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni bartaraf etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgiladik.
Bu siyosat bugun biz barpo etayotgan xalqparvar va adolatli davlatning asosiy xususiyatiga aylanmoqda.
Bugungi muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolg‘iz va ehtiyojmand bo‘lgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga e’tibor ko‘rsatish, holidan xabar olib, dardiga malham bo‘lish, o‘ylaymanki, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi”, degan Prezident Mirziyoyev yig‘ilish avvalida.
Yig‘ilishda oxirgi yillarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgani ta’kidlandi.
Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:
• “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga yetishi uchun sharoit yaratildi.
• 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;
• o‘tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan ta’minlandi, 2022 yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;
• davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi;
• o‘tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan ta’minlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko‘rsatiladi;
• 4 ming nafar ko‘zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.
LiveBarchasi