Prezident “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratdi
Jamiyat
−
22 may 2020
6035O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘larni quyidagi vakolatli banklarga ajratish belgilandi:
“Agrobank” ATBga – 40 million AQSH dollari ekvivalentida;
AT Xalq bankiga – 30 million AQSH dollari ekvivalentida;
“Mikrokreditbank” ATBga – 30 million AQSH dollari ekvivalentida.
LiveBarchasi