Yil davomida O‘zbekistondagi sudlar nimani “qoyil qildi”?
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
4072O‘tgan bir yil davomida O‘zbekistondagi barcha sudlar tomonidan 1 mln 185 231 ta ish ko‘rib chiqilgan. Bu haqda cudlarning 2021 yil davomidagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova ma’lum qildi.
Sudlar tomonidan ko‘rilgan 1 mln 185 231 ta ishning 47 659 ta jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga, 428 869 tasi ma’muriy sudlarga, 518 112 ta fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va 175 445 ta iqtisodiy sudlarga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, 15 146 ta ommaviy nizolardan kelib chiquvchi ishlar ko‘rilgan.
O‘tgan yilning mos davriga taqqoslaganda fuqarolik ishlari hajmi 78 foizga, iqtisodiy ishlar 68 foizga, jinoyat ishlari 57 foizga ortganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, Oliy sudda kassatsiya tartibida ko‘rilgan jami 13 612 ta ishning 7 884 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 3 252 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha, 1 336 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha va 1 140 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan ko‘rilgan.
Bundan tashqari, alohida murakkab toifadagi va davlat ahamiyatiga molik darajadagi 32 ta ish Oliy sudda birinchi instansiya tartibida ko‘rilib, ish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekistonda 2 ming 345 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 ming 804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 ming 741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 378 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.
LiveBarchasi