O‘zbekistonda qancha mansabdor jinoyatga qo‘l urgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekistonda 2 ming 345 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 ming 804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka  tortilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

"Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2 ming 547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora hamda tashkilotlarda  faoliyat  yuritgan", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 ming 741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga  chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish  va  378  nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Shuningdek, mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913 mlrd 7 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib,  tergov  jarayonida ushbu zararning 714 mlrd 8 mln so‘mi undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing