“Prava”ni almashtirishni onlayn qilish rejalashtirilyapti
Jamiyat
−
21 iyul 2022
5477O‘zbekistonda yangicha haydovchilik guvohnomalari berishni elektronlashtirish rejalashtirilyapti. Bunda fuqarolar arizani onlayn berishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Hukumat soati” doirasida qonunchilar savollariga javob berib.
“Bir yildan keyin yana shunday (navbat – tahr.) bo‘lmasligi uchun biz elektron tartibga o‘tmoqchimiz. Bitta kamchiligimiz bor – guvohnomada imzo chekish kerak. Bu uchun albatta (fuqaro) o‘zi kelishiga to‘g‘ri kelyapti. Hozir shuni olib tashlashni harakatini qilyapmiz. Olib tashlasak, markazlarga (Davlat xizmatlari markazlari – tahr.) kelishga zarurat bo‘lmaydi. Kelmanglar, deymiz. Qabul ham qilmaymiz. Faqat elektron ravishda qabul qilamiz. Tayyorlab, pochta orqali berib yuboramiz. Shuni qilmasak, aytilayotgan muammolar takrorlanaveradi. Besh yildan keyin ham shunday bo‘ladi”, degan Davletov.
U haydovchilar "prava"ni almashtirish muddati tugashiga bir kun qolganda kelishini, natijada yana navbatlar boshlanishini urg‘ulagan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 13 apreldagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirilgan.
Qarorga ko‘ra, guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
• 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
• 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
• 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
• 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
LiveBarchasi