Poytaxtning ikki tumanida olti kun davomida “svet” vaqtincha cheklanadi
Jamiyat
−
16 may 2023
10027Joriy yilning 15 mayidan 20 mayiga qadar Toshkent shahri Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarini qisman elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV “Qo‘qon” podstansiyasidagi T-1 dagi quvvati 40 ming kVA bo‘lgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bo‘lgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 6 kun davomida, ya’ni 15 may kunidan 20 may kuniga qadar Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga o‘chirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ta’mirlash ishlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
Mirobod tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shahrisabz, Mironshoh hamda kichik Mirobod ko‘chalari;
Yakkasaroy tumanining: Zarbog‘, Vohidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G.Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog‘idil, Mirakilova, Mirakilova 1-tor, Shmita, M.Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va 2-tor hamda Usmon Nosir ko‘chalari hududidagi xonadonlarda elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi