Poytaxtning ba’zi tumanlarida “svet” o‘chirilishi aytildi
Jamiyat
−
31 iyul 2023
4803Bugun, 31 iyul kuni poytaxt Toshkentning ikki mahallasidagi xonadonlar elektr energiyasidan o‘chirib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, bugun uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellari, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 31 iyul kuni olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
- Sergeli tumanida: “Eski Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Yangihayot tumanida: “Mash’al” (Ibrat) MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
LiveBarchasi