Poytaxtning ayrim tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasi va Olmazor tumani “Jomiy” maydonidan o‘tuvchi magistral issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda «Toshissiqquvvati» DUK xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur muammolarni bartaraf etish ishlari boshlangan. 

Shu munosabat bilan  21 yanvar kuni soat 18:00ga qadar Chilonzor tumanGuliston”, “Algoritm”, Olmazor va Shayxontohur tumaniSebzor”, “Shimoliy Olmazor”, “Taxtapul”, Markaz-12, 15, 17 va 18 mavzelarida vaqtincha issiq suv va issiqlik ta’minoti uzilishi aytilmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing