Poytaxtga ko‘proq yashil maskanlar kerak – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
13:26 1480 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur ekanini aytdi. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlim sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lum qilinishicha, Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirgan. Bildirilishicha, mazkur hududda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi.

“Bunday maskanlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozim. Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Saida Mirziyoyeva Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mana shu ekanini aytib, boshlangan ishlarni qat’iy davom ettirishini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligida shaharda dizayn-kod borasida olib borilayotgan ishlarni sharmandali deb atagandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr