Poytaxtdagi gaz taqchilligining sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Rohat mavzesi tomondan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab yer usti metro qurilishi vaqtida, zarurat tufayli, 1,5 km uzunlikdagi gaz quvuri demontaj qilindi. Shu sababli sovuq kunlarda shaharning ayrim hududlarida tabiiy gaz taqchilligi kuzatildi.

Bugungi kunda, gaz quvurini tiklash bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda, Qo‘ylik dexqon bozori yaqinidagi halqa yo‘li yoqalab 800 metr gaz quvurlari yotqizildi.

Qayta tiklanadigan gaz quvurining uzunligi 1,5 kmdan ortiq, diametri 700 mm. Qurilishga 35 dan ortiq mutaxassislar va 14ta maxsus texnika jalb etilgan. Qayd etilishicha, qurilish ishlari tunu-kun tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing