Poytaxtda yana bir o‘lim: 61 yoshli erkak vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. U virusning 124-qurboni bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Poytaxtlik 61 yoshli M.M. (erkak) 10 iyul kuni o‘zida koronavirus infeksiyasining belgilarini sezgach, uyda davo muolajalarini olgan. Biroq ahvoli og‘irlashgach, 20 iyul kuni shifokorga murojaat qilgan va tibbiyot muassasasida statsionar rejimda davolanishga o‘tkazilgan.
 
Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklari ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing