Poytaxtda yana 235 nafar yangi bemor aniqlandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
4997Bugun, 21 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 281 nafarga ortib, 52 070 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 235 nafari Toshkent shahrida;
• 24 nafari Namangan viloyatida;
• 12 nafari Jizzax viloyatida;
• 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, poytaxtlik 62 yoshli X.Sh. (erkak) va 31 yoshli S.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 159 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, 48 369 (+437) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 3 264 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi