Poytaxtda to‘xtash qoidalarini buzganlar qanday aniqlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 25 martdan Toshkent shahrida to‘xtab turish qoidalarini buzganlarni avtomatik qayd etish tizimi qanday ishlashini izohladi.

Qayd etilishicha, maxsus kamera o‘rnatilgan patrul avtomobili bitta yo‘ldan 5 daqiqa ichida ikki marta o‘tadi. Birinchi marta avtomobil davlat raqami qayd etiladi va huquqbuzarlikka nomzod sifatida baholanadi. Ikkinchi marta huquqbuzarlik qilmaganlar tizimdan o‘chirib yuboriladi. 

Bunda ikki marta qayd etish orqali ma’lumotlar taqqoslanadi hamda tahlil qilinadi. Agarda avtomashina, misol uchun, piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan bo‘lsa, u huquqbuzar deb topilmaydi va tizimdan o‘chiriladi.

Agarda avtomobil texnik nosozlik tufayli to‘xtab turgan bo‘lsa, tartibga muvofiq, haydovchi avariya to‘xtash belgisini joylashtirishi kerak – tizim belgini qayd etadi va ma’lumotni huquqbuzarlar ro‘yxatiga kiritmaydi.

Eslatib o‘tamiz, huquqbuzarliklarni avtomatik ravishda qayd etish AutoCon-SC/M tizimi orqali amalga oshiriladi.

IIBB avtomobili old oynasiga o‘rnatilgan maxsus kamera 58 davlatning avtomobil raqamlarini aniqlaydi va qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda ma’lumotlar bazasiga yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi AutoCon-SC/M

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing