Poytaxtda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
11 dekabr 2023
5283Toshkentning qator tumanlarida psixotrop moddalarni pullayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.U. va T.U. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.A.ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Yangihayot tumanida fuqarolar N.U. va R.R. mijozga 9 dona “Tropikamid" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda o‘tkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi