Poytaxt va Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
01 Oktabr 2020
15885Bugun, 1 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga oshib, 57 190 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 178 nafari Toshkent shahrida,
• 15 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 212 nafar,
• Toshkent viloyatida 95 nafar,
• Namangan viloyatida 44 nafar,
• Andijon viloyatida 9 nafar,
• Jizzax viloyatida 8 nafar,
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 5 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 53 835 (+378) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatda 2 883 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi