Poytaxt va Toshkent viloyati o‘rtasida metro liniyasi quriladi
Jamiyat
−
21 fevral 2020
6722Joriy yilning 19 fevral kuni Nurafshonda Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamda Bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ochilboy Ramatov Toshkent va Nurafshonni bog‘laydigan metro liniyasini qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“Yaqin kelajakda Nurafshongacha metro ishga tushiriladi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimligi bilan yaqindan ishlaymiz”, deydi Ochilboy Ramatov.
Ta’kidlanishicha, ichimlik suvi tarmoqlari, yo‘l qurilishi, kommunikatsiya va kanalizatsiya tarmoqlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Nurafshon (sobiq To‘ytepa) – Toshkent viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi.
LiveBarchasi