Poytaxt va Toshkent viloyati hokimlarida qurilish, kommunalga javob beradigan o‘rinbosar bo‘ladi
Jamiyat
−
29 yanvar
4703Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlarida qurilish, kommunal xo‘jaligiga javob beradigan 1 nafar o‘rinbosar bo‘ladi. Bu haqda Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda transport tizimini raqamlashtirish, yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish, temiryo‘lda yuk tashish avtomobilga nisbatan 3 barobar ko‘p vaqt talab qilayotgani, havo ifloslanishini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar faoliyatidagi qoloqliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Kompleks tarkibiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlarida qurilish va kommunal xo‘jaligiga javob beradigan 1 nafar o‘rinbosar bo‘lishi qaror qilindi.
Prezident kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma ob’ektini qurish belgilangan.
Lekin soha yoki hudud rahbarlari byudjet mablag‘larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagani qayd etildi.
Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi