Poytaxt va ikki viloyat bojxona boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Bojxona xizmati polkovnigi Tolibjon Bahodirovich Saidov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qahramon Akbarovich Umarov Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Nodir Kamoliddinovich Musamuhamedov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasining sobiq rahbari Botir Ahmatjonovich Dadamatov joriy yilning 23 iyul kuni lavozimidan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Davlat bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing