Poytaxt aholisi chang-to‘zondan ogohlantirildi
Bu qiziq
−
08:55 1021 1 daqiqa
Bugun, 3 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda kechga tomon 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Live
Barchasi