Poytaxt hokimi o‘rinbosari hibsga olindi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning sobiq vitse-meri Risbek Sarpashev maxsus xizmatlar tomonidan korrupsiya jinoyatlariga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi. 

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi korrupsiyani qarshi olib borilayotgan ishlar doirasida “Tazalik” munitsipaliteti sobiq direktoriga nisbatan ishonib topshirilgan mulkni o‘zlashtirish va talon-toroj qilish, shuningdek, mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.  

Sarpashev “Tazalik” rahbari sifatida bir vaqtning o‘zida Bishkek merining o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi 2017—2018 yillarda shaxsiy boylik orttirish maqsadida “Tazalik” korxonasining alohida xodimlari bilan til biriktirib, avtomobil ehtiyot qismlari va ishlamayotgan maxsus texnika uchun yoqilg‘i-moylash materiallarini hisobdan chiqargan. Ehtiyot qismlar sotilgan, olingan mablag‘ o‘zlashtirilgan. 

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, 5 million somdan ortiq (59 ming dollarga yaqin) zarar aniqlangan. Qo‘lga olingan shaxs tergov izolyatoriga joylashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2023 yil 10 martdagi hukmi bilan Qarshi shahar hokimi lavozimida ishlagan Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek Risbek Sarpashev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing