Poyezdga chipta yetmay qolgan talabalar uchun qo‘shimcha reys qo‘yishga va’da berildi
Jamiyat
−
12 dekabr 2023
6425Avvalroq, talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma e’lon qilingani haqida xabar bergandik. Chegirma chiptalar sotilib bo‘lingach, e’lon qilingani muhokamalarga sabab bo‘lgach, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Unga ko‘ra, bayramoldi kunlari qo‘shimcha yo‘lovchi vagoni va qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan.
"Hozirgi kunda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarni bayramoldi kunlarda manzillariga xavfsiz yetkazish va ularga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bular “Toshkent – Urganch”, “Toshkent – Nukus”, “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi", deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, elektron tarzda 1 sutka mobaynida talabalar tomonidan 1000 ga yaqin chiptalar rasmiylashtirilgan.
"Qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi. Barcha tadbirlar “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilardan sarosimaga berilmaslikni so‘rab qolamiz!", deya xabar bermoqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ.
LiveBarchasi