Poyezdda vafot etgan o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
5514Avvalroq, Rossiyaning Astraxan viloyati “Oqsaroy” stansiyasida poyezddan 52 yoshli o‘zbekistonlik erkak jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati izoh berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 7 sentyabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyat hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan, joriy yil 5 sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Oqsaroy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.
Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik, yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan. Chegara punktiga kelgan shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra A.G ning vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi