Poyezd vagonidan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi
Olam
−
10 Sentabr 2019
6193Rossiyaning Astraxan viloyatida yo‘lovchi poyezdidan 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Janubiy transport tergov boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 sentyabr kuni Astraxan viloyatining Oqsaroy stansiyasida yo‘lovchi “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967 yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Uning tanasida kuch bilan o‘ldirish alomatlari aniqlanmagan.
Ayni vaqtda voqea joyida tekshiruv o‘tkazilib, guvohlar so‘roq qilingan. Holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilyapti.
LiveBarchasi