Poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida 24 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
18 mart 2019 8832 1 daqiqa
Bugun, 18 mart kuni Kongo Demokratik Respublikasining Kasai viloyatida tovar poyezdi relsdan chiqib ketishi natijasida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning ko‘pi poyezdga noqonuniy chiqib olgan. Qurbonlar orasida bolalar ham bor. Hodisada 31 kishi jabrlangan.
Halokatda bir nechta vagon ag‘darilib ketgan, yana bir nechtasi ko‘prikdan daryoga tushib ketgan. Qayd etilishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust