Portugaliyalik futbolchi kelajakda o‘z musiqa maktabini ochmoqchi

Sport

image

“Milan” klubi hujumchisi Rafael Leauning musiqaga qiziqishi va hatto ko‘plab musiqalar bastalagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchi “Rolling Stone” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Portugaliyalik xavbek jamoasidagi futbolchilarning bu holatga qanday munosabatda bo‘lganini ham ta’kidladi. 

“Bolaligimda uyimizda doim musiqa yangrardi. Amakim dijjey  bo‘lgan, otam esa qo‘shiq aytib turardi. Atrofimdagi hamma narsa musiqa bilan bog‘liq edi. Musiqaga qiziqishim o‘sha paytdan boshlangan. Men ko‘pincha hip-hop tinglardim. Bolaligimda juda uyatchan bo‘lganman. Keyin musiqa menga o‘z hissiyotlarimni ifodalashga yordam beradi degan fikrga kelganman. Har doim ham his-tuyg‘ularimni namoyish etolmaganman. Lekin musiqa menga ancha yordam bergan. Shundan so‘ng menda musiqaga muhabbat uyg‘ondi”, deydi Leau.

Shuningdek, futbolchi kelajakda o‘z musiqa maktabini yaratmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

“Menejerim Leandro yordamida musiqa maktabi ochmoqchiman. U yerga ko‘plab tajribali musiqachilarni, bastakorlarni olib kelmoqchiman. Portugaliyada juda ko‘p qobiliyatli bolalar bor. Lekin ular moddiy imkoniyatlar tufayli studiyada mashq qila olmaydi, musiqalar yaratolmaydi. Men ularga shunaqa imkoniyatni yaratib beraman”, deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Ma’lum bo‘lishicha, Leau “Milan” kiyinish xonasida jamoadoshlariga o‘z ijod namunalarini eshittirgan. Uning musiqalari hammada har xil taassurot qoldirgan. 

“Ha, futbolchilar ijodiy ishlarimni eshitdi. Ba’zilar kuldi, ammo ko‘pchilik bu ishimni qo‘llab-quvvatladi. Kulganlar orasida Zlatan Ibragimovich ham bor edi. U menga: “Bu ishing o‘rniga futbol bilan shug‘ullansang bo‘lmaydimi? Bu senga hech narsa bermaydi”, deb maslahat berdi. Qolgan jamoadoshlarim o‘z ustimda qattiqroq ishlashimni, harakatdan to‘xtamasligimni aytdi”, dedi u. 

Rafael musiqaga bo‘lgan chinakam ishtiyoqiga qaramay, hayotida futbolni birinchi o‘ringa qo‘yadi. 

“Agar tanlashim kerak bo‘lsa, men albatta futbolni tanlagan bo‘lardim! Futbol menga hamma narsani berdi va men uni yaxshi ko‘raman”, deya fikr bildirdi Leau.


Maqola muallifi

Teglar

“Milan” Rafael' Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing