Portugaliya Ukrainaga dron sotishni keskin oshirdi

Olam

image

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Portugaliyaning Ukrainaga dron eksporti keskin o‘sdi. Ilgari bu sohada asosiy bozorlardan biri Rossiya bo‘lgan bo‘lsa, hozir Kiyevga sotilayotgan dronlar hajmi Moskvaga qilingan umumiy savdodan ham ikki baravar ko‘p. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainaga dron sotishdan tushgan daromad 4 million yevroni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 23 million, 2024 yilda 33 million yevro, 2025 yilda esa o‘sish yanada tezlashib, 87,3 million yevroga chiqqan. Dron yetkazib berishda asosiy kompaniyalardan biri Kaldash-da-Rainya shahrida joylashgan Tekever hisoblanadi.

Bu tendensiya Portugaliyaning umumiy tashqi savdo xaritasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. 2019-2025 yillar orasida Ukraina Portugaliya eksport bozorlari reytingida 75-o‘rindan 36-o‘ringa ko‘tarilgan. Shu davrda Kreml 34-o‘rindan 50-o‘ringa tushib ketgan.

Urushgacha Portugaliyaning Ukrainaga eksporti Rossiyaga nisbatan 5-10 baravar kam edi. Biroq 2023-2024 yillarga kelib farq deyarli yo‘qolgan, 2025 yilda esa Rossiyanikidan ikki baravarga oshgan. Umuman olganda, Kiyev Portugaliya mahsulotlarini sotib olish hajmini 110 foizga oshirib, eng tez o‘sish kuzatilayotgan eksport bozorlaridan biriga aylandi.

Bu hamkorlik yanada kuchayishi mumkin. Chunki 2025 yil dekabrida ikki davlat suvosti dronlarini qo‘shma ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Yaqin Sharqda uzoq davom etadigan urush Ukrainaga qurol yetkazib berishga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda ekani aytilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Portugaliya dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing