Portlash oqibatida yetkazilgan zararni qoplash ishlari boshlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Sergeli tumanida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘inni to‘liq bartaraf etish hamda jarohatlanganlarga yordam berish barobarida, hodisa oqibatida yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan ishlar boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

“Bugun tunda sodir bo‘lgan yong‘inni to‘liq bartaraf etish hamda jarohatlanganlarga yordam berish barobarida, favqulodda hodisa oqibatida yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan ishlar boshlandi. Hozirda, mol-mulkiga zarar yetgan fuqarolarning murojaatlari 1205 qisqa raqami orqali qabul qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash yuz berdi. Hali-hamon yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Voqea joyida Milliy gvardiya otryadi ishlamoqda. Shuningdek, portlash oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi. 

Voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, Bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan. Portlash zararlari qoplanishi маълум qilindi.

Sodir bo‘lgan portlash oqibatida “Quruvchilar” metro bekatiga shikast yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing