Poroshenko Kiyev ko‘chalarida qo‘lida qurol bilan ko‘rinish berdi

Olam

image
Putin Zelenskiyning muzokara o‘tkazish taklifini qabul qildi. Uchrashuv joyi ham aniq north_east

Putin Zelenskiyning muzokara o‘tkazish taklifini qabul qildi. Uchrashuv joyi ham aniq

Hozirda davlat manfaatlariga zid va korrupsion faoliyati uchun davlatga hiyonatda ayblanib, ustidan sud ishi ketayotgan Ukraina sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko qo‘lida “Kalashnikov” bilan Kiyev ko‘chalarida ko‘rinish berdi. Sobiq Prezident CNN telekanaliga bergan intervyusida butun ukrain xalqini Rossiyaga qarshi qo‘liga qurol olishga chaqirgan. 

“Ukraina xalqining qonini to‘kayotgan Vladimir Putin shunchaki bir telba, ahmoq va johil inson”, degan Poroshenko.

U rus askarlari Kiyevga kirib keladigan bo‘lsa, qo‘liga qurol olib mamlakatini himoya qilishini bildirgan. 

Bildirilishicha, Rossiya armiyasi Kiyev tomon tobora yaqinlashib kelmoqda. Ular hozirga qadar poytaxt atrofidagi muhim hududlarni va ikkita aeroportni qo‘lga olib bo‘lgan. 

Poroshenkoning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiyaga qarshi boshlagan hujumkor yo‘lidan aslo qaytmaydi.

“Mudofaa vazirligi bergan xabarga ko‘ra, biz 180 nafar ukrain harbiylarini qurbon berdik va 800 dan ortiq rus askarlari yo‘q qilingan. Men shuni ta’kidlamoqchimanki, Putin Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lidan qaytara olmaydi. Aynan shuning uchun ham biz bugun Ukrainani himoya qilishimiz kerak, ertaga Ukraina oyoqqa turishi uchun himoya qilishimiz kerak”, degan sobiq Prezident.

Ma’lumot uchun, Kiyevdagi “Maydon” voqealaridan so‘ng 2014-2019 yillar oralig‘ida Ukraina Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Pyotr Poroshenko Donetsk va Lugansk respublikalaridagi terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirishda ayblanib, unga nisbatan sud ishi ochilgan. Bundan tashqari, sobiq Prezident 1,5 million grivin miqdoridagi pullarni o‘zlashtirish va davlatga xiyonatda ham ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

718

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing