Poroshenko davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
Olam
−
12 noyabr 2021
5260Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq Prezident Pyotr Poroshenko va Milliy bank sobiq rahbari Valeriya Gontarevaning Donbassda ko‘mir sotib olishda davlatga xiyonat qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganmoqda.
“Shunday ehtimol tekshirilmoqda”, degan Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov “Ukrainskiye novosti” agentligiga.
UXX oktyabr oyi boshida “Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi siyosiy kengashi rahbari Viktor Medvedchukning davlatga xiyonatda aybdor ekanini isbotlovchi suhbatlari yozuvlarini e’lon qildi. Suhbatlarda Poroshenkoning ism-familiyasi, keyin esa cheklar paydo bo‘lgan.
Poroshenko boshchiligidagi “Yevropa birdamligi” partiyasi sobiq davlat rahbari ayblovlarni rad etishini ta’kidladi.
LiveBarchasi