Pora olishda gumonlangan “zamhokim” hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri hokim o‘rinbosari pora olishda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt hokimining o‘rinbosari Taalaybek Boygaziyev pora undirish fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida avval olingan 35 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larining bir qismini qaytarish vaqtida ushlanib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, mazkur mablag‘larni u Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida xorijiy kompaniya manfaatlari uchun olgan. Biroq Boygaziyev mablag‘larni olgach, turli sabablarni ko‘rsatib, avvalroq loyiha doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan bo‘yin tovlagan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga ko‘ra, ayni paytda ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri hokimi Maqsad Nusuvaliyev hokimlik yig‘ilishi paytida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyevning buyrug‘i bilan hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Taalaybek Boygaziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing