Pora evaziga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim muassasasiga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan salkam 2 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan mas’ul xodim qo‘lga olindi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent Davlat agrar universitetining Termiz filiali mas’ul xodimi “J.E.” Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning jiyanini o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga undan 1.900 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat pora

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing