Pore va Getji jangi tasdiqlandi

Sport

image

Yengil vazn toifasidagi amerikalik jangchilar Dastin Pore va Jastin Getji UFC 291 musobaqasida jang qiladi. Bu haqda promoushen o‘z rasmiy Twitter'ida xabar berdi. 

Pore va Getji Xorxe Masvidal UFC'dan ketganidan keyin bo‘sh qolib ketgan maxsus BMF kamari uchun jang qiladi. UFC 291 29 iyul kuni Solt-Leyk-Siti shahridagi “Vivint-arene”da bo‘lib o‘tadi.

Pore va Getji avval Glendeyldagi UFC on Fox 29 turnirida jang qilgan. O‘shanda Dastin to‘rtinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Pore o‘zining oxirgi jangini 2022 yil noyabr oyida Nyu-Yorkda UFC 281 musobaqasida Maykl Chandlerga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Joriy yilning mart oyida Getji Londonda bo‘lib o‘tgan UFC 286 musobaqasida ozarbayjonlik Rafael Fiziyevni hakamlar qaroriga ko‘ra, mag‘lub etgandi


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Jastin Getji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing