Pore chempionlik jangidan so‘ng muhtoj oilalarga yegulik tarqatmoqchi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempionligi uchun da’vogar Dastin Pore chempion Charlz Oliveyraga qarshi jangdan so‘ng, xayriya aksiyasini amalga oshirmoqchi.

“Maqsadimiz – 300 ming muhtoj oilalarni yegulik bilan ta’minlash. Oziq-ovqat narxlari ko‘tarilayotgan bir vaqtda, Janubiy Luiziana bo‘ylab oilalarni bayram uchun oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam berishni lozim, deb topdik”, deydi Pore. 

Eslatib o‘tamiz, Pore muhtojlarga yordam berish maqsadida rafiqasi bilan birgalikda “The Good Fight” fondiga asos soldi va dastlabki ishni UFC janglarida foydalangan qo‘lqop hamda futbolkalarini sotishdan boshladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 dekabr kuni amerikalik “olmos” UFC 269 turnirining asosiy jangida yengil vazn chempionligi uchun braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Dana Uayt Charl'z Oliveyra The Good Fight Foundation

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing