Popda yuk mashinasi tog‘ga urildi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 24 aprel kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida yuk tashuvchi mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 13:30 larda Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 251-kmda sodir bo‘lgan. 37 yoshli haydovchi A.Yu. Shacman SX4254 rusumli yuk transport vositasini “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, tormoz tizimidagi nosozlik tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismi chetidagi “favkulotda holat uchun tashkil etilgan avariya yo‘lakchasi”ga chikib ketgan.

Yuk mashinasi “Tog‘ Shabodasi” oshxonasi tomon 180 metr masofa harakatlanib, tog‘ga urilgan. Natijada, haydovchi A.Yu. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Pop

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing