Popda Nexia KamAZ “tagiga” kirib ketdi. Qurbon bor
Jamiyat
−
18 avgust 2020
11462Bugun, 18 avgust kuni soat 09:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Nexia avtomobili yuk avtomobilining “tagiga” kirib ketishi natijasida bir kishi vafot etdi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
1986 yilda tug‘ilgan Sh.A. Nexia rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1966 yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Sh.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.