Pompeodan bir oy o‘tib Xitoy delegatsiyasi Toshkentga kelyapti
Jamiyat
−
02 mart 2020
6531Joriy yilning 2-3 mart kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
TIV xabariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, ma’lumotda aytilishicha, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Yan Szechi O‘zbekistonga tashrifidan avval Tojikistonda bo‘ldi va mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. O‘zbekistonga tashrifdan keyin esa Xitoy vakili Qozog‘istonga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyi boshida AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo MDH davlatlariga tur uyushtirgandi. Pompeo Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekistonga safar qilgandi.
LiveBarchasi