O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi
Jamiyat
−
17 noyabr 2023
3153O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etish uchun Pekinga boradi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tashrif doirasida Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqot o‘tkaziladi.
“XKP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi”, deyiladi ushbu xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Roza Otunboyeva Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgan edi.
LiveBarchasi