Pompeo: “Eronning xorijdan qurol sotib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi”
Olam
−
01 may 2020
5517AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, Vashington Eronning xorijdan, xususan, Rossiya va Xitoydan zamonaviy harbiy texnikalarni sotib olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning jamoasi “Eron Rossiya (Xitoy) dan tanklar yoki zirhli transport vositalarini sotib ololmasliklarini ta’minlash uchun (qo‘llaridagi barcha kartalarni o‘ynashni) niyat qilmoqda”.
Ma’lumki, AQSH tomonidan Eronga qarshi qurol embargosi joriy yilning 18 oktyabriga qadar amal qiladi.
Avvalroq, Pompeo AQSH har qanday usul bilan embargoning kengaytirishni o‘ylayotgani haqida gapirib o‘tgan edi.
LiveBarchasi