Politsiya Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish uchun sudga murojaat qildi

Olam

image

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash departamentiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ariza bugun, 30 dekabr kuni topshirilgan. Qo‘shma tergov guruhi tarkibida Yun Sok Yol bilan bog‘liq ishni o‘rganayotgan boshqarma, politsiya va Mudofaa vazirligi vakillari bor. Janubiy Koreya qonunchiligi amaldagi prezidentni fitna yoki davlatga xiyonat uchun jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat beradi.

Ma’lumot uchun, kecha, 29 dekabr kuni Yun Sok Yol uchinchi bor yuqori martabali mansabdor shaxslarning Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasida davlat to‘ntarishi bo‘yicha chaqiruvga javob bermadi. Huquqiy amaliyotga ko‘ra, uchinchi chaqiruv oxirgisi hisoblanadi va uning ortidan hibsga olish uchun sudga murojaat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, joriy yilning 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi. Endi Konstitutsiyaviy sud deputatlarning qarorini tasdiqlashi yoki prezidentni lavozimiga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing