Politsiya Alisher Usmonov ishi bo‘yicha “Bavariya” ofisida tintuv o‘tkazdi

Sport

image

Joriy yilning 25 aprel kuni Germaniya politsiyasi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvish bo‘yicha ish yuzasidan Myunxenning “Bavariya” klubi ofisida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tergov tadbirlari “Alyans-Arena” stadionida ham o‘tkazilgan. Alisher Usmonov 2017 yildan 2022 yilgacha soliq to‘lamaslik uchun pul o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda. 

Usmonovni “Bavariya” bilan klub faxriy prezidenti Uli Xyoness bog‘lab turadi. Germaniya prokuraturasi “Bavariya” va klub a’zolariga nisbatan hech qanday tergov olib bormayotganini ta’kidladi. Tintuvlar davomida biror dalil topildimi yoki yo‘q, bu hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya sudi Alisher Usmonovning 80 million yevrodan ortiq miqdordagi aktivlarini muzlatish haqidagi qarorni Yevropa sudiga taqdim etgandi. G‘arbning badavlat rossiyaliklarga qarshi choralari doirasida Italiya politsiyasi Sardiniya orolidagi po‘lat va telekommunikatsiya magnati Alisher Usmonovga tegishli villani, shuningdek, ko‘chmas mulk va hashamatli avtomobillarga ega bo‘lgan yana oltita firmani qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing