Rossiyada yana bir guruh rasman terrorchilik tashkiloti deb tan olindi
Olam
−
05 iyun 2020
10268Rossiyada “Xayyat Tahrir ash-Shom” guruhi rasman terrorchi guruh deb tan olindi. Tegishli qaror Oliy sud tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuror Igor Krasnov ushbu tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb tan olish va Rossiyada faoliyatini taqiqlash uchun ma’muriy da’vo qo‘zg‘atgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, “Xayyat Tahrir ash-Shom” faoliyati va u olib borgan targ‘ibot ishlari "Rossiya Federatsiyasining milliy manfaatlariga, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikka, Rossiya fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdiddir".
Ta’kidlanishicha, da’volar to‘liq hajmda qondirilgan.
“Xayyat Tahrir ash-Shom” tashkiloti Rossiyada taqiqlangan "Jabhat an-Nusra" negizida tuzilgan guruh hisoblanadi.
LiveBarchasi