Polshalik sportchi Olimpiadada jiddiy jarohati oldi (video)
Sport
−
21 fevral 1227 1 daqiqa
Kecha, 20 fevral kuni polshalik short-trekchi Kamila Selle qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida 1500 metr masofaga konkida uchish bahslarida jiddiy jarohat oldi.
Hodisa poygalardan birida yuz bergan ommaviy to‘qnashuv vaqtida sodir bo‘lgan. Yiqilish chog‘ida raqobatchilaridan biri Sellening yuziga tegib ketgan.
Shifokorlar sportchiga ko‘zi kuchli shishgani va yuzida kesilgan jarohat borligi tashxisini qo‘ygan. Unga muz ustida zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, so‘ng qo‘shimcha tekshiruvlar uchun zambil yordamida maydondan olib chiqilgan.
“Kamila Sellening ko‘zi qattiq shishgan, u uni ocholmayapti. Yonog‘idagi kesma tikildi, shuningdek, ko‘z kosasi ostidagi yonoq suyagi shikastlangan. Hozir u shifokor hamrohligida kasalxonaga yo‘l olmoqda”, dedi Polsha Olimpiya terma jamoasi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Kamila Selle 2025 yilgi Jahon chempionatida estafeta bahslarida kumush, aralash estafetada esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.