Polshada tojikistonlik erkak ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Polsha Ichki xavfsizlik agentligi ISHID terrorchilik guruhi a’zosi bo‘lgan Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Dziennik Gazeta Prawna” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik agentligi xodimlari Chegara qo‘riqlash xizmati ko‘magida mamlakatning markaziy qismida Tojikiston fuqarosini qo‘lga olib, ekstraditsiya qilgan. Interpol unga ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi “Viloyati Xuroson”  faoliyatidagi ishtiroki munosabati bilan qizil belgi qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshidan Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan ikki shaxsni ISHID terrorchilik tashkiloti nomidan terakt tayyorlashda gumon qilib, qo‘lga olgandi.  Keyinchalik Turkiya  Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Bunga javoban Tojikiston ham turkiyaliklar uchun viza rejimini joriy qilishini bildirdi.

Komila Latipova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IShID Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing