Polshada qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga Qashqadaryoda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi mushkul ahvolga tushib qolgani sababli vaqtincha yotoq joy va vatanga qaytishida yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda murojaatchidan ariza qabul qilinib, yotoq joy bilan ta’minlangan. Xalqaro migratsiya tashkiloti ko‘magida unga aviachipta rasmiylashtirilgan hamda uning vatanga xavfsiz tarzda qaytishi ta’minlangan.

“Ushbu chora-tadbirlar Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdig‘idir. Yurtimizning hech bir fuqarosi e’tiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq onasi bilan birga O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing