Polshada Ikkinchi Jahon urushi xotirlandi. Rossiya marosimga chaqirilmadi

Olam

32_andrzej_duda_plac_pilsudskiego_uroczystosci_80_20190901_gja_3627

Kecha, 1 sentyabr kuni Polsha poytaxti Varshavada Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining 80 yilligi munosabati xotira tadbirlari o‘tkazildi. Ikkinchi Jahon urushi 1939 yil 1 sentyabr kuni fashist Germaniyasining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangandi.

Polsha xotira tadbirlarini Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo mamlakatlar hamda Sharqiy hamkorlik dasturidagi sheriklari bilan birgalikda o‘tkazdi. Marosimga Rossiya taklif qilinmadi.

Shu kuni Varshava markazida Polsha Prezidenti Andjey Duda nutq so‘zlab, marosimga tashrif buyurgan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga minnatdorlik bildirdi.

Polyaklar yetakchisi Duda o‘z nutqida dunyo Ikkinchi Jahon urushining dahshatidan xulosa chiqarmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda etnik tozalash va genotsidlar davom etyapti.

“50 boshqa manbalarga ko‘ra qariyb 80 mln odam 80 yil avval boshlangan qurolli mojarodan aziyat chekdi. Bu raqam faqatgina harbiy harakatlardan halok bo‘lganlardan emas, ochlik va kasalliklardan vafot etganlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu insoniyatning zamonaviy tarixidagi eng dahshatli hodisa. Biz xotirlaymiz va bunga majburmiz. Shuning uchun hammamiz shu yerdamiz”, dedi Duda.

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ham nutq so‘zlab, mamlakatining Ikkincha jahon urushi boshlanishi uchun javobgar ekani vahech qachon bu haqiqatni unutmasligini ta’kidladi.

“Mening mamlakatim Yevropa oldida alohida javobgarlikka ega. Tarixga qaramay Germaniya Yevropada kuchni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi. Aynan shu sababdan nemislar Yevropa uchun ko‘proq foyda keltirishi kerak. Biz Yevropada xavfsizlik, farovonlik va birlik uchun hissa qo‘shishimiz kerak”, dedi Shtaynmayer.

Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda turli davlatlardan 250 nafar rasmiy ishtirok etdi. Ular orasida so‘zga chiqqan Germaniya Prezidenti va AQSH vitse-prezidentidan tashqari Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bor edi.

Ma’lumot uchun, vermaxtning (Germaniya armiyasi) Polshaga hujumi blitskrig (yashin tezligidagi urush) rejasi tuzilganini ko‘rsatdi. Germaniya qo‘shinlari Polsha armiyasini 5 kunda yengib, mamlakatni egallagandi. Ikkinchi Jahon urushi 6 yil davom etgan. Urushda hozirda mavjud 62 davlat ishtirok etdi.Urushda turli ma’lumotlarga ko‘ra, 60-80 mln nafar odam halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Ikkinchi Jahon urushi

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing