Polshada 400 yoshli ayolning yuzi tiklandi
Bu qiziq
−
02 noyabr
14764Polshada olimlar jamoasi DNK, 3D va loyni modellashtirishdan foydalanib, 400 yoshli ayolning yuzini qayta tikladi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
U mamlakat shimolidagi Piyen shahridagi noma’lum qabristonga dafn qilingan. Qabr topilganda marhumning bo‘yni atrofida temir o‘roq topilgan va uning oyog‘i qulflangan.
Mahalliy aholi tomonidan Zosiya ismi berilgan ushbu marhum qoldiqlari 2022 yilda Polshadagi Nikolay Kopernik universiteti arxeologlari guruhi tomonidan topilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘sha paytda qabr joyidan topilgan o‘roq va qulf, shuningdek, ayrim turdagi yog‘ochlar “vampir”lardan himoya qiluvchi sehrli xususiyatlarga ega ekaniga ishonilgan.
Zosiyaning qoldiqlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, u vafot etganida 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan va hushidan ketish, kuchli bosh og‘rig‘i va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikdan aziyat chekkan. Mutaxassislar rekonstruksiyani bosh suyakning 3D-bosma nusxasini yaratishdan boshlab, asta-sekin plastilinli loydan ayolning hayotdagiga o‘xshash yuz hosil qilgan. Suyak tuzilishi yuz xususiyatlarining chuqurligini baholash uchun jinsi, yoshi, etnik kelib chiqishi va taxminiy vazni haqidagi ma’lumotlar bilan birlashtirilgan.
Arxeolog Oskar Nilssonning so‘zlariga ko‘ra, topilgan boshqa jasadlar orasida yuzi pastga ko‘milgan va oyog‘i qulflangan “vampir” deb nomlangan bola ham bor edi. Zosiyaning hayoti haqida kam narsa ma’lum, ammo uning boy-badavlat oiladan bo‘lgani aniq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada uyining yerto‘lasini ta’mirlayotgan erkak odam skeletiga duch kelgandi. Bu voqea qazishmalar olib borishga sabab bo‘lib, oqibatda o‘nlab qabrlardan iborat 700 yillik qabriston topilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr